SSKA Baxtiyor Zaynutdinovning transferini e'lon qildi

Alisher
25 avg 2020, 16:28
"Rostov" yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov SSKAga o'tdi.

Tomonlar 5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzishdi. Bitimning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.

Qozog'iston terma jamoasi o'yinchisi o'tgan mavsum "Rostov" safida RPL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan boshlab RPLda bir qator mamlakat o'yinchilari qatori, qozog'istonlik futbolchilar ham legioner hisoblanishmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pfc-cska.com