Coca-Cola Superligasi. Bugun 19-tur boshlanadi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2019, 08:43
Bugun Coca-Cola Superligasida 19-turning dastlabki ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.



“Andijon” – “So'g'diyona”
13 sentyabr 2019 yil. Andijon, "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Rasuljon Fozilov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

Ikkinchi davrani ajoyib tarzda boshlagan "So'g'diyona" musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalaridan birini egallab turgan "Andijon" mehmoni bo'ladi.

O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak 39ta uchrashuvning 16tasida "So'g'diyona" 3 ochkoga ega chiqqan. Xuddi shuncha bahsda "Andijon" g'olib bo'lgan. Qolgan etti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan uchrashuvda 2:1 hisobida "So'g'diyona" g'alaba qozongan edi.

Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" ikkinchi davradagi beshta o'yinda umuman yutqazgani yo'q (4 g'alaba, 1 durang). "Andijon" esa oxirgi ikki turda ikki marta mag'lub bo'ldi.




“Buxoro” – “Surxon”
13 sentyabr 2019 yil. Buxoro, "Buxoro" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Shoxrux A'zamov, Isxaq Ibragimov
Nazortachi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Chempionat autsayderi "Buxoro" o'z maydonida chempionat debyutanti "Surxon"ni qabul qiladi.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida 25 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "Buxoro" tomonida - 15 g'alaba. Olti bor "Surxon" 3 ochkoga ega chiqqan va 4 marta durang kuzatilgan.

Birinchi davrada Termizda o'tgan o'zaro o'yinda "Surxon" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

"Buxoro" Superligada o'z maydonidagi oxirgi 3ta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (bir g'alaba va ikki durang). "Surxon" esa aksincha safardagi so'nggi 4ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

O'tgan turda ikkala jamoa ham gol o'tkazmasdan g'alabaga erishdi. "Surxon" o'z uyida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, "Buxoro" Samarqandda "Dinamo"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Ma'lumot uchun, ortda qolgan 18ta turda Superligada eng ko'p kam gol urgan gol - "Buxoro" (12ta).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia