

“Yil o'yini”da “Navbahor” 1:1 hisobida “Paxtakor” bilan durang o'ynadi, “Dinamo” esa o'z maydonida 1:2 hisobida “Bunyodkor”ga yutqazdi. Kechagi uchrashuvlarda esa “Nasaf” “Lokomotiv bilan nursiz durang o'ynadi, “Olimpik” minimal hisobda (1:0) “So'g'diyona”ni mag'lub etdi va AGMK o'z maydonida 2:1 natijasi bilan “Surxon”ni engdi.
Bugun, 30 avgust kuni tur doirasida oxirgi bahs bo'lib o'tadi:
30 avgust, seshanba
METALLURG - QO'QON-1912
Bekobod. "Metallurg" stadioni. 19:00
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Bekzod Aripov.



