Coca Cola Superligasi. Turg'unboev "Navbahor"ga Andijonda g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2019, 19:51
Coca Cola Superliganing 17-turi doirasidagi "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

Uchrashuvning 7-daqiqasida Ivan Solovyovga nisbatan mezbonlar qo'pollik  ishlatishdi. Jarima zarbasini Obid Jo'raboev amalga oshirdi. Jarima zarbasidan so'ng, to'pni mezbon himoyachilari qaytarishdi.

8-daqiqada Aziz Ibragimovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

24-daqiqada Shahzodbek Ubaydullaevning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

25-daqiqada Ivan Solovyovning jarima zarbasidan so'ng, Ilhomjon Alijonov to'pni boshi bilan darvozaga yo'naltirdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

34-daqiqada Sardor Azimovning yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi. 

Birinchi taymda hisob ochilmadi. 

52-daqiqada Azizbek Turg'unboev jarima to'pidan ajoyib gol urdi - 0:1.

63-daqiqada Jahongir Mehmonovning jarima zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

68-daqiqada yana Farhodbek Bekmuratovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

Uchrashuvda "Navbahor" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.


18 avgust, yakshanba

18:00 Andijon - Navbahor 0:1
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov, Timur Galeev, Ravil Shoyaxmitov, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev 

Gol: Azizbek Turg'unboev 52, - 0:1.

"Andijon": Ruslan Matniyazov, Radosav Aleksich, Bobur Akbarov, Abror Xusinov, Xushnudbek Avilov, Dilshod Rahmatullaev, Farhod Bekmurotov, Abdurahmon Abdulhaqov (Qahramon Bahodirov, 59), Sardor Azimov, Ro'zimboy Ahmedov, Shahzod Ubaydullaev (Davronbek Isoqov, 72).
Zaxira: Akmal Ortiqov, Jalil Kimsanov, Farxod Miraxmatov, Robbimjon Hasanov, Oybek Qilichev, Ildar Mamatkazin, Bahtiyor Qosimov.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Aziz Ibragimov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov, Aziz Turg'unboev, Obid Jo'raboev, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Ilhom Alijonov, Abbos G'ulomov, Amirbek Jo'raboev.
Zaxira:  Dilshod Hamroev, Shahzod Shaymanov, Abdulhay Ismoilov, Hojiakbar Yunusov, G'iyos Komilov, Ayubxon No'monov, Sherzod Hakimov, Nodir Mavlonov, Iskandar Siddiqjonov.

Ogohlantirishlar: Abror Xusinov 13, Ilhom Alijonov 37, Jahongir Mehmonov 70, Obid Jo'raboev 76.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia