Coca Cola Superliga. Siavash Xaqnazariyning yagona goli OKMKga muhim g'alabani taqdim etdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 mar 2023, 19:02
O'zbekiston Superligasi 3-turida "Olimpik" o'z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qildi.


O'zbekiston Superligasi
"Olimpik" - OKMK  0:1 LIVE
Gol: 55- Siavash Xaqnazariy (Akrom Komilov)

17.03.2023 "Jar" stadioni. 3-tur
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev.
Qanot hakamlari: Shohnur Yo'ldoshev, Oybek Kallaxo'jaev.
Zaxira hakami: Husan Muzaffarov.
VAR hakami: Asker Najafaliev.
AVAR hakami: Ruslan Serazetdinov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Jamshid Imomov.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 5.Shahzod Toirov, 6.Behzod Shamsiev (18.Sardorbek Mahmudov, 90+3), 23.Abdurauf Bo'riev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 10.Farruhbek Muxtorov (8.Nodirbek Abdixoliqov,63), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 37.Alisher Odilov (77.Rustamxon Azimov, 63), 7.Ruslanbek Jiyanov.
Zaxira: 1.Shukron Yuldashev, 15.Mustafo Abdumannopov, 16.Sarvar Sharipov, 29.Iskandar Bo'sinov, 44.Asadbek Rahimjonov, 88.Azamat Abdurashidov.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 3.Sardor Rahmonov, 8.Abdulla Abdullaev, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vitaliy Denisov (2.Akrom Komilov, 46), 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov,76), 88.Siavash Xaqnazariy (9.Ruben Sanches,90+1), 11.Irakli Ruxadze (10.Xurshid G'iyosov,46), 22.Shohrux Gadoev, 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov,86).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldor Begimov, 44.Muhammadali Salem.

Ogohlantirish: 2 - Abdurauf Bo'riev, 13 - Vitaliy Denisov, 23 - Martin Boake, 50 - Anzur Ismoilov, 66 - Azamat Mirsaidov, 90+5 - Mirjahon Mirahmadov, 90+6 - Valijon Rahimov, 90+7 - Sardor Rahmonov


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+7. Ogohlantirish: Sardor Rahmonov ham ogohlantirildi

90+6. Ogohlantirish: Valijon Rahimov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi

90+5. Ogohlantirish: Mirahmadov ogohlantirildi

90+3. O'zgarish: Shamsiev maydoni tark etdi, uning o'rniga Maxmudov maydonga tushdi

90+1. O'zgarish: Siavash Xaqnazariyning o'rniga Ruben Sanches maydonga tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga olti daqiqa qo'shib berdi

86. O'zgarish: Martin Boakening o'rniga Mirjahon Mirahmadov maydonga tushdi

83. Jiyanovning zarbasi noaniq ketdi

78. Sal qolishiga sal qoldi. Valijon Rahimovning xatosi OKMK uchun qimmatga tushishi mumkin edi, olmaliqliklarning baxtiga to'p darvozaga yo'l olmadi

76. O'zgarish: Sanjar Tursunov maydoni tark etdi, uning o'rniga Oybek Rustamov maydonga tushdi

74. Otabek Jo'raqo'zievning yana bir zarbasiga aniqlik yetishmadi

66. Ogohlantirish: Azamat Mirsaidov ogohlantirildi

63. O'zgarish: Azimov va Abdixaliqov maydongatushdi, ular Odilov va Muxtorovni alishtirishdi

55. GOOOOOOOOOOOOOOL. Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Akramjon Komilov ajoyib harakat qildi va to'pni Siavash Xaqnazariyga uzatdi. Eronlik futbolchi esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi

50. Xurshid G'iyosovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

50. Ogohlantirish: Anzur Ismoilov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib ketayotgan Ruslan Jiyanovni qo'pollik bilan to'xtatdi

47. Ikkinchi bo'lim ancah jonlandi. Otabek Jo'raqo'zievning zarbaiga ozgina aniqlik yetishmadi

46. Otabek Jo'raqo'zievning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq

46. O'zgarish: Ruhadze va Denisov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Komilov va G'iyosov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi  

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

38. Irakli Ruxadzening yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

35. Anzur Ismoilovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

28. Olimpik sardori Behzod Shamsievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

26. O'yin davom ettirilmoqda.OKMK vakillari burchak zarbasini amalga oshirdi, yana hakam VARga qarashga majbur.  

25. Hakam hozir yana VARga murojaat qiladi. Sababi mezbonlar himoyachining qo'liga to'p tegmoqda

23. Ogohlantirish: Martin Boake Abdurauf Bo'rievning yuziga oyoq bilan o'ynagani sababli ogohlantirildi

16. Odilovning yo'llagan kuchli zarbasiga Anzur Ismoilov devor bo'lib qaytardi

13. Ogohlantirish: Vitaliy Denisov mezbonlarning tezkor hujumini qo'li bilan to'xtadi va ogohlantirildi

11. Uchrashuvdagi ilk aniq zarba OKMK jamoasi futbolchilari tomonidan amalga oshirildi. Shohruh Gadoevning zarbasini Abdunabiev bartaraf etdi

5. Boake to'pni darvozaga joylab qo'ydi, biroq unga qadar to'p maydondan chiqib bo'lgandi

Barchasi toza

O'yinda to'xtalish, sababi oddiy hakam doimgidek har bir vaziyatdan so'ng VARni eshitishga majbur. 

2. Ogohlantirish: Abdurauf Bo'riev maydon markazida qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia