Coca Cola Superliga. Bugun Bekobodda 18-tur boshlanadi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2020, 07:25
Bugun Superliganing 18-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.


METALLURG – ANDIJON
30 sentyabr. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Husniddin Shodmonov, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionati doirasida hozirga qadar 37 marta to'qnash kelishgan. 15 marta "Metallurg", 12 marta "Andijon" zafar quchgan. Qolgan 10ta o'yinda durang qayd etilgan. Bekobod klubi o'zaro o'yinlarda 62ta, Andijon klubi 54ta gol urgan.

"Metallurg" so'nggi bor o'z maydonida bu jamoani 2016 yilgi mavsumda mag'lub etgan. "Burgutlar" safarda bu jamoani faqat ikki bor (2007 va 2019 yillar) mag'lub etishga erishgan.

Birinchi davrada "Metallurg" safarda 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia