CHL pley-offida "Benfika"ga yutqazgan Mourinyu endi shu jamoani boshqaradi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 13:22
Katta ehtimol tez orada Joze Mourinyu "Benfika" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinadi.

62 yoshli portugallik Lissabon klubi bilan kelishuvga erishdi, klub kecha Chempionlar ligasi 1-turida "Qarabax"ga (2:3) mag'lub bo'lganidan so'ng Brunu Lajeni ishdan bo'shatdi.

CNN Portugal ma'lumotlariga ko'ra, Mourinyu bilan "Benfika"ning muzokaralari yakuniy bosqichda.

Ahamiyatlisi shuki, avgust oxirida "Fenerbaxche" Chempionlar ligasi pley-off raundida "Benfika"ga (0:0, 0:1) mag'lub bo'lganidan keyin Mourinyuni ishdan bo'shatgan edi.

Bundan avval Joze "Benfika"ni – 2000 yil sentyabrdan dekabrgacha – boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CNN Portugal