Chicharito o'zi tarbiya topgan jamoaga qaytadi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 23:37
Meksikalik futbolchi uyiga qaytishga yaqin.

Chicharito o'zi tarbiyalangan Meksikaning "Chivas Gvadalaxara" klubiga o'tadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

35 yoshli hujumchi yanvar oyida "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etgach, erkin agentga aylandi. Ko'p o'tmay, "Chivas" o'z tarbiyalanuvchisiga shartnoma taklif qildi. Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan.

Chicharito "Chivas"ni 2010 yilda tark etgan. Meksikalik futbolchi o'shanda 7,5 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira