Chexning agenti: "Chelsi" bizga boshqa klublar bilan muzokara o'tkazish uchun ruxsat berdi"
Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 10:50
"Chelsi" darvozaboni Petr Chexning agenti Viktor Kolarning ma'lum qilishicha, klub uning mijoziga qiziqqanlar bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan.
"Chexning "Chelsi" bilan shartnomasi amalda, ammo ko'klar rahbariyati bizga boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishga ruxsat berdi. Petr menga top klubda doimo maydonga tushishni istayotganini aytdi" - deydi agent.