Cherchesov Rossiya termasini 45-bor maydonga boshlab tushdi

12 okt 2020, 08:55
Rossiya terma jamoasi Millatlar ligasi turnirida Turkiya bilan (1:1) durangga imzo chekdi.

Bu bellashuv Stanislav Cherchesovning Rossiya terma jamoasi rulida 45-uchrashuvi sifatida qayd etildi.

Uning qo'li ostida terma jamoa 20 ta uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, 10 ta bellashuv durang, 15 ta bahs ruslarning mag'lubiyati bilan yakun topgan.

Terma jamoani boshqarish borasida Cherchesov faqat Oleg Romancevdan (60 ta o'yin) orqada, g'alabalar soni bo'yicha esa Romancev(36) va Gus Xiddink (22)dan keyingi pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com