Cherchesov Janubiy Koreya va Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017, 15:05
Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabi Janubiy Koreya (7 oktyabr, Moskva) va Eronga (10 oktyabr, Qozon) qarshi bo'lib o'tadigan nazorat uchrashuvi uchun tarkibni e'lon qildi.

Ro'yxatdan 27 kishi joy olgan.

Darvozabonlar: Igor Akinfeev (SSKA Moskva), Vladimir Gabulov (Arsenal Tula), Andrey Lunyov (Zenit Sankt-Peterburg). 

Himoyachilar: Viktor Vasin (SSKA Moskva), Vladimir Granat, Fyodor Kudryashov (ikkisi - Rubin Kazan), Georgiy Djikiya, Ilya Kutepov (ikkisi- Spartak Moskva), Roman Noyshtedter (Fenerbaxche Turkiya). 

Yarim himoyachilar: Aleksandr Golovin, Alan Dzagoev, Mario Fernandes (hammasi - SSKA Moskva), Aleksandr Eroxin, Yuriy Jirkov, Daler Kuzyaev, Igor Smolnikov (hammasi - Zenit Sankt-Peterburg), Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk, Dmitriy Tarasov (hammasi - Lokomotiv Moskva), Magomed Ozdoev (Rubin Kazan), Konstantin Raush (Kyoln Germaniya), Aleksandr Samedov (Spartak Moskva), Evgeniy Chernov (Tosno).

Hujumchilar: Anton Zabolotnyy (Tosno), Aleksandr Kokorin, Dmitriy Poloz (ikkisi - Zenit Sankt-Peterburg), Fyodor Smolov (Krasnodar).

Bu ro'yxatda o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Cherchesov shogirdlari tayyorgarlikni 2 oktyabr kuni Novogorskda boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com