Chempionlar Ligasi finali uchun to'p taqdim etildi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026, 15:57
Yaqinda Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakunlandi.

Oldinda pley-off o'yinlari bor, jumladan 16 ta jamoa o'tish bosqichida kuch sinashib, 1/8 finalga yo'llanma uchun kurash olib boradi. Umumiy bosqichda eng yaxshi natija ko'rsatgan 8 ta jamoa allaqachon 1/8 finalga chiqib bo'lgan.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan to'pni taqdim etdi. 

To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. "Quloqli" sovrin uchun jang shanba kuni, 30 may sanasida o'tkaziladi.

Amaldagi g'olib PSJ hisoblanadi. Parijliklar finalda "Inter"ga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com