"Chelsi"ga Ikardi kerak

Mirjalol Normatov
23 fev 2020
"Chelsi" rahbariyati "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Daily Star" xabariga ko'ra, "aristokratlar" 27 yoshli hujumchi uchun yozgi transferlar oynasi vaqtida kurashishga tayyorlar.

Yozda PSJ futbolchini 70 mln evroga sotib olish huquqini qo'lga kiritadi. Biroq Ikardining o'zi ushbu transferga qarshilik qilishi mumkin.

Ikardi ushbu mavsumda PSJ tarkibida 28 o'yinda 19 gol va 4 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star