"Chelsi" yana o'z futbolchisini PSVga ijaraga berdi
Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 17:12
PSV yana "Chelsi"dan yarim himoyachi Marko van Ginkelni ijaraga oldi.
Kelishuv bir mavsumga mo'ljallangan.
Marko van Ginkelning "Chelsi" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. So'nggi mavsum 24 yoshli gollandiyalik Erediziyaning 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.