"Chelsi" yana bir hujumchi sotib olmoqchi"

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023
"Chelsi" ustozi Maurisio Pochettino APL doirasida "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3)dan keyin londonliklar yana bir hujumchi transferi ustida ishlayotganini ma'lum qildi.

"Hozir jamoamizga foydasi tegadigan hujumchi topish oson emas. Bu masala ustida qattiq ishlayapmiz va ushbu chiziqda o'zimiz istagandek ijrochini qo'lga kirita olamizmi yoki buning imkoni yo'qligini, bilish uchun harakat qilyapmiz. Jarayon davom etmoqda va barchasi ko'ngildagidek bo'lsa, biz yana bir sifatli markaziy hujumchi sotib olamiz".

"Chelsi" APLning dastlabki 2 turidan keyin faqatgina 1 ochkoga ega bo'lib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal