

"Aristokratlar" allaqachon top klublar bilan bog'lanib, ularga nemis forvardini taklif qilgan.
Verner 2020 yilda "Leyptsig"dan "Chelsi"ga 53 million evro evaziga o'tgandi. 25 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 53 o'yin o'tkazib, 12 gol urdi hamda 15 golli pas berdi. Shuningdek, Timo London klubi bilan birgalikda Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.



