“Chelsi” va “Manchester Siti” A seriyada eng yosh “dubl” muallifiga qiziqish bildirishmoqda

20 sen 2017, 01:18
Angliya grandlari - “Chelsi” va “Manchester Siti” “Jenoa”ning 16 yoshli hujumchisi Petro Pellegrini o'z saflarida ko'rishni istashmoqda.

Hujumchi A seriyaning so'nggi turida “Lacio” darvozasini ikki bor aniq nishonga olib, Italiya chempionatida bir o'yinda ikki to'p kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Pellegriga ingliz klublaridan tashqari “Inter”, “Yuventus” va “Milan” ham qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda Football Italia nashri.

Eslatib o'tamiz, Pellegri XXI asrda tug'ilgan futbolchilar orasida “A” seriyada “dubl” qayd etgan futbolchi bo'lish bilan birga  top-5 chempionatlarda raqib darvozasini ishg'ol etishga erishgan eng yosh futbolchi degan nomga ham ega bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia