

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klublari qishki transfer oynasida futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Shu bilan birga, turinliklar forvard bilan xayrlashmoqchi emas, shuning uchun uni faqat katta miqdordagi pul evaziga sotib olish mumkin bo'ladi.

22 yoshli Vlaxovich joriy mavsum "Yuventus" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



