"Chelsi" ustozi "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2023, 23:08
"Chelsi" ustozi "Nyukasl"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng bahs haqida fikr bildirdi.

"Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. Tribunada jim o'tira olmadim.

Natijadan noliy olmaymiz. Bahs boshidanoq o'yinin o'qiy olmadik. Faol harakat qilmadik. Hisob 1:1 bo'lgan vaqtda raqibni o'z yarim maydoniga "qamab qo'yish" imkoni bor edi, biroq hammasi "Nyukasl" uchun juda oson o'tdi. Shu sabab jamoam o'yinidan xafaman.

Biz yosh jamoamiz va bunday vaziyatlar bizga juda kerak. Mehmonxonaga yo'l olib, ertalabdan mashg'ulotni boshlaymiz, dam olish yo'q. Alohida futbolchilarni ayblash noto'g'ri. Biz qaysi darajada o'ynashimizni tushunib, kerakli xulosa chiqarishimiz lozim.

Nimalar bo'layotganini bilamiz va voqealarni o'zgartirishga harakat qilamiz" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC