

London klubi 25 yoshli fransiyalik hujumchini yanvar oyidayoq sotib olishga tayyor.
Tyuramning Menxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted", "Inter" va "Bavariya" klublari qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.
Markus joriy mavsum Bundesligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2022 yilgi jahon chempionatida u 5 o'yinda 2 ta golli pas berdi.



