"Chelsi" so'nggi olti yilda beshinchi marta Angliya kubogi finalida o'ynaydi

Оқил Абдубарноев
18 apr 2022, 00:48
Londonning "Chelsi" klubi so'nggi olti yilda beshinchi marta Angliya kubogi finalida o'ynaydi.

"Ko'klar"ning hozirgacha yagona g'alabasi 2018 yilda "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan (1:0).

2017 va 2020 yillarda "Chelsi" "Arsenal"ga (ikki marta 1:2), 2021 yilda "Lester"ga (0:1) yutqazgan.

14 may kuni Tomas Tuxel shogirdlari "Uembli"da "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru