

30 yoshli braziliyalik futbolchini o'zi Yevropaga qaytishga qiziqadi va Kataloniya klubida o'ynashni xohlaydi.
Oskar "Barselona"ga o'tish uchun maoshining kamayishiga tayyor.
U Xitoyning "Shanxay Port" jamoasida yiliga 25,9 million dollar ishlaydi. Uning shartnomasi 2024 yilning noyabriga qadar mo'ljallangan.
"Barsa" ayni damda Oskar uchun harakat qilmaydi, sababi bosh murabbiy Xavining maqsadi - markaziy hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Oskar 2012-2017 yillarda "Chelsi"da o'ynagan.



