"Chelsi" sentyabr oyidagi o'yinlarda bittagina gol urdi

Aziz Tukhtamuradov
28 sen 2023, 08:19
"Chelsi" sentyabr oyida o'ynagan o'yinlarida bor-yo'g'i bittagina gol urdi.

Jamoa Angliya liga kubogining 3-bosqichida "Brayton"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Nikolas Jeksonning "Brayton" darvozasiga urgan goli jamoasining sentyabr oyidagi yagona goli bo'ldi. Bungacha londonliklar 30 avgust kuni ushbu musobaqaning 2-bosqichida "Uimbldon" darvozasini ishg'ol etishgandi. 

"Chelsi" navbatdagi o'yinini 2 oktyabr kuni APL doirasida "Fulxem"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta