"Chelsi" sardori mavsum boshlanmasidan jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2024
"Chelsi" himoyachisi va sardori Ris Jeyms noma'lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Futbolchi tizzasidan jarohat orttirib olgan. U aynan shu jarohat tufayli o'tgan mavsum 4 oydan ko'proq vaqtni o'tkazib yuborgandi.



24 yoshli fulbek har qanday holatda ham yangi mavsum startini o'tkazib yuboradi. Sababi oxirgi kampaniya yakunida futbolchi sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun APLning 4 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilingan, shundan so'ng 1 ta o'yinni o'tkazib yuborishga ham ulgurgandi.

Shu tariqa Jeyms APLning yangi mavsumida "Manchester Siti" (18 avgust), "Vulverxempton" (25 avgust) va "Kristal Pelas" (1 sentyabr)ga qarshi uchrashuvlarda qatnashmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic