"Chelsi" Risharlison uchun kurashga qo'shildi

Alisher
21 iyun 2022, 14:57
"Everton" hujumchisi Risharlison yozgi transfer oynasida "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

"Ko'klar" 25 yoshli braziliyalik uchun "Tottenxem" va "Arsenal" bilan raqobat qilishga tayyor.

Risharlison "Everton"ga 2018 yilning iyulida "Uotford"dan 39,2 mln evro evaziga o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo