"Chelsi" "Real" bilan Alaba uchun kurashishga tayyor

Alisher
6 fev 2021, 18:00
"Chelsi" "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun kurashmoqchi.

Angliya klubi rahbariyati erkin agentga aylanadigan 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Davidning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Alaba bilan shartnoma imzolashda hali ham Madridning "Real" klubi imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Avstriyalik futbolchi "Bavariya"da 2009 yildan beri o'ynaydi. U joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 19ta o'yina maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian