"Chelsi", PSJ va "Atletiko" Lautaro Martinesga qiziqmoqda

Alisher
10 iyun 2022
Yevropaning bir necha klublari "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqmoqda.

24 yoshli o'yinchiga "Chelsi", PSJ va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. "Inter" Romelu Lukakuning qaytishiga mablag' jamg'arish uchun forvardni sotishga tayyor.

Argentinalikning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt hujumchini 70 million evroga baholamoqda.

Martines o'tgan mavsum "Inter" tarkibida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com