"Chelsi" PSJ futbolchisini nishonga oldi

Alisher
28 dek 2019, 11:07
PSJ xavbeki Yulian Draksler "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Germaniyalik futbolchi Parij klubi tarkibida juda ham kam o'ynamoqda, shu sabab u faoliyatini boshqa joyda davom ettirish haqida o'ylamoqda.

"Aristokratlar" qishda klub uchun YCHLning pley-offida yordami tegadigan futbolchini xarid qilishga tayyor.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" Draksler uchun 25 million evro to'lashi mumkin. Unga shuningdek "Gerta" va "Milan" klublari qiziqmoqda.

Draksler joriy mavsum Fransiya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Chelseanews