"Chelsi" Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlaydi. Uzoq muddatli shartnoma tez orada imzolanadi

Administrator
14 may 2023, 01:06
Maurisio Pochettino "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. "Chelsi" tez orada Maurisio Pochettino bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi. Ikki tomon ham kelishib olishgan. 

"Chelsi"ni mavsum oxiriga qadar Frenk Lempard boshqaradi. Pochettino ishni iyun oyidan boshlaydi. Maurisio klubga o'z jamoasini olib keladi va shundan so'ng klub rahbariyati bilan transfer siyosatini muhokama qiladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano