"Chelsi" o'z forvardi bilan 52 million evro evaziga xayrlashadi

Alisher
13 yanv 2020, 15:20
"Chelsi" o'z forvardi Mishi Batshuayi bilan xayrlashishga qarshimas.

26 yoshli belgiyalik futbolchiga "Aston Villa" va "Kristal Pelas" klublari qiziqmoqda.

Klublar "ko'klar"ning rejalariga kirmayotgan hujumchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" belgiyalik hujumchini 52 million evro evaziga qo'yib yuborishga ham tayyor.

Batshuayi joriy mavsum APLda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun