

Ular milanliklarga Onana uchun Kepa Arrisabalaga va qo'shimcha pul taklif qilishmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, London klubi “Inter” darvozaboni o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli Kepa “Chelsi”ga 2018 yilning yozida kelib qo'shilgan edi, londonliklar uning uchun 80 million evro to'lashdi.Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi APLda 23ta o'yin o'tkazib, 21ta gol o'tkazib yubordi. O'tgan yozda “Inter”ga tekinga o'tgan Onana A Seriyada 20 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol o'tkazib yuborgan.



