

London klubi rahbariyati 29 yoshli senegallikning o'yinlaridan mamnun va uning maoshini ko'tarmoqchi.
"Ko'klar" futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlashdi. Amaldagi shartnomaga ko'ra, darvozabon haftasiga 60 ming funt maosh oladi.
Mendi 2021/22 yilgi mavsum "Chelsi" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi va 11ta "quruq" o'yin o'tkazdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.



