"Chelsi" Kunde bilan shartnoma imzolash uchun Zumani "Vest Xem"ga sotishga tayyor

Alisher
30 iyul 2021, 10:16
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "bolg'a urarlar" 26 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 25 million evro taklif qilishga tayyorlar.

"Chelsi" o'yinchining sotuviga qarshi emas, sababi ular "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundeni xarid qilishmoqchi.

Zuma o'tgan mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira