"Chelsi" Kepaga o'rinbosar izlamoqda

Alisher
23 yanv 2020, 14:01
"Chelsi" yangi darvozabon izlamoqda.

"Ko'klar" rahbariyati Kepaning so'nggi paytlardagi omadsiz o'yinlaridan ko'ngli to'lmayapti va yangi darvozabon qidirish harakatiga tushgan.

Nomzodlar ro'yxatida "Byornli"dan Pik Poup va "Sheffild Yunayted"dan Din Xendersonni ko'rishimiz mumkin.

25 yoshli Kepa joriy mavsum "Chelsi" libosida 24ta o'yinda maydonga tushib, 30ta to'p o'tkazib yubordi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi "aristokratlar" safiga 2018 yilda "Atletik Bilbao" safidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times