

"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante yozda London klubidan ketishi mumkin. Rahbariyat va "aristokratlar" murabbiylar shtabi ortiq Ngologa jamoaning muhim futbolchisi sifatida qaramayapti.
Bu haqda italyan matbuoti xabar tarqatmoqda. "Chelsi" yaxshigina mablag' evaziga fransiyalik futbolchini qo'yib yuboradi.
Transfermarkt futbolchini 80 million evroga baholamoqda. Kante uchun bosh da'vogarlar sifatida "Inter" va PSJ klublari tilga olinmoqda.



