"Chelsi" Kantega Ispaniyadan o'rinbosar topdi

Alisher
12 iyul 2022
"Chelsi" "Betis" yarim himoyachisi Gvido Rodrigesni Ngolo Kante uchun o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Aristokratlar"da "Arsenal" va "Vest Xem" jamoalari qiziqish bildirayotgan Kanteni sotib, Rodrigesni jamoaga olib kelish varianti mavjud. 

Klub fransiya termasi futbolchisining keyingi mavsumlardagi o'yin sifati pastlashi mumkinligidan xavfsiramoqda.

"Chelsi" yozgi transfer mavsumi oxirlarida ushbu transfer bilan jiddiy shug'ullanmoqchi, chunki klub hozir bor e'tiborini Sterling, Rafinya va Levandovski transferlariga qaratgan.


AlisherMuallif
Manba: Teamtalk.com