"Chelsi" Jonatan Devidning vakili bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024, 11:59
"Lill" yulduzi Yevropaning eng talabgir futbolchilaridan biri.

Klub yaxshi taklif tushsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Gap Jonatan Devid haqida bormoqda. Hujumchi o'tgan mavsum Liga 1'da 34 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, Devidning vakillari va "Chelsi" o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

Devidning "Lill" bilan kelishuvi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic