“Chelsi” “Inter” yarim himoyachisini nishonga oldi

28 mar 2020, 09:05
Vesino “ko'klar” nishonida.

“Chelsi” Milanning “Inter” klubidan 28 yoshli futbolchi Matias Vesinoni sotib olishni rejalashtirmoqda. “Neradzurrilar” futbolchini sotishga tayyor. Uning transferi 28 mln evroga baholanmoqda.

Matiasga ayni damda “Everton” hamda “Manchester Yunayted” klublarining da'vogarlik qilayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsum futbolchi A Ceriya doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Express