"Chelsi" "Inter" bilan darvozabonlarni almashishni taklif qildi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023, 11:11
"Chelsi" yozda darvoza chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Mahalliy matbuotning xabariga ko'ra, londonliklar o'z darvozaboni Eduar Mendini "Inter" posboni Andre Onana bilan almashmoqchi. Ammo bu yo'lda ular yana bir qancha to'lov qilishlarini tushunib turishibdi.

Ushbu mavsumda Onana "Inter" tarkibida 40 o'yinda qatnashdi. Uning shartnomasi yana 4 mavsum davom etadi. Mendi esa ushbu mavsumda 12 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal