"Chelsi" rahbariyati jamoaning hujum chizig'ini serbiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

13 iyul 2020, 19:53
"Aristokratlar"ga "Real" forvardi Luka Yovich kerak.

Bu haqida Mundo Deportivo xabar qildi. London klubi 22 yoshli serbiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo qay tartibda (transfer yoki ijara) ekani ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" rahbariyati avvalroq "Leyptsig" forvardi Timo Vernerni xarid qilgandi. Germaniyalik futbolchining transferi uchun 54 mln funt sarflangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo