“Chelsi” himoyachisi va Lempard o'rtasida nizo kelib chiqdi

Eldor Akmurzayev
29 sen 2020, 20:45
Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

“Aristokratlar” ustozi Frenk Lempard va himoyachi Markos Alonso o'rtasida nizo yuzaga kelgan. APL 3-turi doirasida o'tgan “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvning tanaffusi vaqtida Alonso zaxiraga olindi va u o'yin tugashini kutmasdan jamoa avtobusiga borib o'tirgan. Uning bu harakati Lempardning jahlini chiqargan.

Eslatib o'tamiz, “Vest Brom”ga qarshi bahsning 1-bo'limida “Chelsi” 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi. Ammo Frenk Lempard shogirdlari keyingi taymda muvozanatni o'nglab, natijani 3:3 ko'rinishga keltirishdi.

Qayd etilishicha, endi Alonso muntazam o'yin amaliyotidan ayrilish ehtimoli mavjud.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic