"Chelsi" Gordon transferi bo'yicha kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2022, 19:29
"Chelsi" "Everton" xavbeki Entoni Gordonni qo'lga kiritish ustida ishlamoqda.

London klubi transferni hafta oxirigacha amalga oshirishga umid qilmoqda.

"Everton" 21 yoshli yarim himoyachi uchun kelib tushgan oldingi ikkita taklifni rad etgandi. O'shanda futbolchi uchun 40 va 45 million funt taklif qilingan.

"Chelsi" 50 million va bonuslarni taklif qilishga tayyor, bu esa Gordonning qanchalik muvaffaqiyatli o'ynashiga bog'liq bo'ladi.

Hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsum Premer-ligada 35 ta o'yinda 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic