"Chelsi" futbolchisi karantin qoidalarini buzdi

Alisher
16 mar 2020
Oldinroq, "Chelsi"ning barcha o'yinchilari ikki haftalik karantinga olingan edi.

Jamoa hujumchisi Kallum Xadson-Odioda koronavirus aniqlanganligi sabab futbolchilar karantinga olingan edi.

Xabarlarga ko'ra, Mauntni London ko'chalarida ko'rishgan. U "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays bilan aylanib yurgan edi.

Tez orada "Chelsi" yosh o'yinchini jarimaga tortadi.

Eslatib o'tamiz, Maunt va Rays birgalikda Angliya terma jamoasida to'p tepishadi.


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk