"Chelsi" futbolchilariga Potter yoqmayapti

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023
"Chelsi" futbolchilari Grem Potterning klub uchun kerakli murabbiyligiga ishonmayapti.

Shu bilan birga o'yinchilar Potterga shaxs sifatida hech qanday etirozlari yo'q. Hattoki zaxirada qolib kyetib, o'yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilar bilan ham shunday holat. Potterni jamoada tartibli va haqqoniy, o'z futbolchilarining holi bilan muntazam qiziqadigan inson sifatida bilishadi.

Klub rahbariyati Potterni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda, lekin bazilar u mahoratini to'liq namoyon etib, APLning top-klublari bilan tengma-teng kurasha oladigan jamoa qurishiga ishonishmayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Evening Standard