"Chelsi" futbolchilari "Kristal Pelas"ga qarshi bahs oldidan mashg'ulotga Vialli familiyasi yozilgan futbolkalarda chiqishdi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2023, 19:10
"Chelsi" Janluka Vialli xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

"Chelsi" futbolchilari "Kristal Pelas"ga qarshi APLning 20-tur o'yini oldidan chigalyozdi mashg'ulotiga Vialli familiyasi va raqami yozilgan futbolkalarda chiqishdi.

"Sampdoriya", "Chelsi" va "Yuventus" sobiq hujumchisi 6 yanvar kuni 58 yoshida saratondan vafot etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC