"Chelsi" Donnarumma transferiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
Londonning "Chelsi" klubi PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olmoqchi va darvozabonning francuz klubi bilan muzokaralarini kuzatib bormoqda.

Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Yevropaning bir qancha top-klublari Donnarummani qo'lga kiritishni istamoqda, biroq transferga eng katta qiziqishni "Chelsi" ko'rsatmoqda.

26 yoshli italiyalikning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. So'nggi oylarda bitimni uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Donnarumma Parij klubida qolmoqchi, biroq tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha kelisha olmayapti.

Oldinroq insayder Nikolo Skira PSJ Donnarummaga maoshini qisqartirish bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni taklif qilayotgani haqida xabar bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport