"Chelsi" darvozaboni "Bornmut"ga o'tdi. Transfer shartlari qanaqa?

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
"Bornmut" "Chelsi"dan serbiyalik darvozabonni safiga qo'shib oldi.

"Bornmut" klubi "Chelsi" darvozaboni Jorje Petrovich bilan shartnoma imzolaganidan xursand.

Serbiyalik futbolchi 5 yillik kelishuv asosida "giloslar" safini to'ldirdi va klubning Qo'shma Shtatlardagi mavsumoldi safari oldidan jamoaga qo'shiladi", – deyiladi APL klubi xabarida.

Angliya Premer-ligasida 23 o'yinda maydonga tushgan Petrovich 2024/25 yilgi mavsum ijara asosida Liga 1ning "Strasbur" jamoasida harakat qildi.

25 yoshli futbolchi jamoa 7-o'rinni egallab, UEFA Konferenciyalar Ligasiga yo'l olishida muhim rol o'ynadi, mavsumning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritdi va Liga 1da mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: afcb.co.uk