"Chelsi" Azarni "Real"ga ketmasligi uchun reja o'ylab qo'ydi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2018, 15:17
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, Azara oldindan hech narsani bilish mumkin emasligi haqida gapirgan edi.

O'z futbolchisini qo'yib yuborishni istamayotgan "Chelsi", belgiyalikni jamoada saqlab qolish uchun reja tuzdi. Ular futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Yangi bitimda Azarning haftalik maoshi 300 ming evro bo'ladi va u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Eden Azar joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail