"Chelsi" ayollar futbolidagi transfer rekordini o'rnatdi. Bitim narxi qancha?

Alisher
27 yanv 2024, 01:12
"Chelsi" ayollar futbolidagi yangi transfer rekordini o'rnatdi.

"Ko'klar" "Levante"dan forvard Mayra Ramiresni xarid qilishdi. Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi 4,5 yillik shartnoma imzoladi.

Daily Mail'ning xabariga ko'ra, futbolchi uchun 450 ming evro (382,8 ming funt) to'lashdi, shuningdek 50 ming evro (42,6 ming funt) bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Oldingi rekord 2022 yilda "Barselona" tomonidan o'rnatilgandi. O'shanda kataloniyaliklar "Manchester Siti" futbolchisi Kira Uolshni 350 ming funtga xarid qilishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com