"Chelsi" "Ayntraxt" murabbiyi Glasner bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
29 yanv 2023, 15:37
"Chelsi" "Ayntraxt" bosh murabbiyi Oliver Glasnerga qiziqmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, 48 yoshli mutaxassis London klubining short-listida bor. "Chelsi" yozda ham Glasnerga murojaat qilgan. "Chelsi" xo'jayini Todd Bouli Glasnerning Yevropa ligasida "Ayntraxt" bilan g'alabasidan juda ham katta taassurot olgan.

"Chelsi" ayni damda 20 o'yindan so'ng 29 ochko jamg'argan holda, APL turnir jadvalida o'ninchi o'rinni egallamoqda. Yetakchi "Arsenal"da esa 19 o'yindan so'ng 50 ochko bor.

"Ayntraxt" Germaniya chempionatida 18 turdan so'ng 32 ochko jamg'ardi va jadvalda beshinchi o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern